Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumandagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

Tumandagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida  o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tumandagi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan tarbiyachi va pedagog xodimlar, tashkilot direktorlari va  ota-onalar ishtirok etishdi. 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan barcha  guruhlar  faoliyati o‘rganib chiqildi.

     Seminar davomida tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan “Ochiq mujassam” mashhulotlar kuzatildi va tahlil qilindi. Tarbiyalanuvchi bolalarning ota-onalari bilan hamkorlikda "Otam-onam va men" deb nomlangan  musobaqa tashkil qilindi.

       Rivojlanishidagi beshta faoliyat bo‘yicha ota-onalar va tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etdilar.  Tadbir so‘ngida tarbiyalanuvchilarga  tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri  tomonidan  faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Kiritilgan vaqti: 04/03/2021 07:24;   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/tumandagi-6-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-oquv-amaliy-seminari-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 29/07/2021 11:19