Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tumanimizda Maktabgacha ta'lim tashkiloti soni yana bittaga ko‘paydi

Bugun 3-sektor hududi Oytamg‘ali mahallasida “Yerdagi Yulduzchalar” nomli 50 o‘rinli Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari S.Luqmonov, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari va mahalla faollari ishtirok eishdi.

Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari S.Luqmonov ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi “Yerdagi Yulduzchalar” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.

   Mazkur maktabgacha ta'lim muassasasi zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan va bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, 6 nafar ishsiz xotin- qizlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishdi.


Kiritilgan vaqti: 07/05/2021 07:24;   Ko‘rilganligi: 32
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/tumanimizda-maktabgacha-talim-tashkiloti-soni-yana-bittaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 10:11