Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

" YANGIQO‘RG‘ON GULG‘UNCHALARI" nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

2019 yil 29 avgust kuni Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on MFY  Yangiqo‘rg‘on  qishlog‘ida yakka tartibdagi  tadbirkor  Tursunova  Dilshoda Do‘lanovna  tashabbusi  bilan  " YANGIQO‘RG‘ON  GULG‘UNCHALARI"  nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi  yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga  topshirildi. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbirda  Samarqand viloyati  maktabgacha  ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Raxmanov,Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov,  hokim  o‘rinbosari,  tuman adliya bo‘lim boshlig‘i  E.Hasanov,  4 ta sektor rahbarlari  tuman hokimi,   tuman  soliq  inspeksiyasi  boshlig‘i  Hamroyev  G‘olib,  tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ibragimov Bahodir,  tuman prokrori  Kubayev  Dilshod aka,  maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari,  mahallaning nuroniy otaxonlari va qishloq aholisi ishtirok  etishdilar. Mazkur  tashkilotning foydalanishga  topshirilishi  Mustaqilligimizning  yigirma sakkiz   yillik bayrami arafasiga  to‘g‘ri  kelganligi  sababli  barcha tadbir ishtirokchilari  uchun  qo‘shaloq  bayram  bo‘ldi.

2019 yil 29 avgust kuni Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on MFY  Yangiqo‘rg‘on  qishlog‘ida yakka tartibdagi  tadbirkor  Tursunova  Dilshoda  Do‘lanovna  tashabbusi  bilan  " YANGIQO‘RG‘ON  GULG‘UNCHALARI"  nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi  yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga  topshirildi. Ushbu maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbirda  Samarqand viloyati  maktabgacha  ta'lim  boshqarmasi boshlig‘i Sh.Raxmanov,Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov,  hokim  o‘rinbosari,  tuman adliya bo‘lim boshlig‘i  E.Hasanov,  4 ta sektor rahbarlari  tuman hokimi,   tuman  soliq  inspeksiyasi  boshlig‘i  Hamroyev  G‘olib,  tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ibragimov Bahodir,  tuman prokrori  Kubayev  Dilshod aka,  maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari,  mahallaning nuroniy otaxonlari va qishloq  aholisi ishtirok  etishdilar. Mazkur  tashkilotning foydalanishga  topshirilishi  Mustaqilligimizning  yigirma sakkiz   yillik  bayrami arafasiga  to‘g‘ri  kelganligi  sababli  barcha tadbir ishtirokchilari  uchun  qo‘shaloq  bayram  bo‘ldi. "YANGIQO‘RG‘ON   GULG‘UNCHALARI" maktabgacha ta'lim  tashkiloti  100  nafar bolajonlarni bag‘riga olib, 18  nafar  xotin  qizlar ish  bilan  ta'minlandi. Bolajonlarizning  yuzlarida  cheksiz  quvonch aks etdi. Tadbirda jajji o‘g‘il qizlarimiz mustaqil ona yurtimizni madh  etuvchi  sher qo‘shiqlar ijro etdi.


Kiritilgan vaqti: 05/09/2019 07:17;   Ko‘rilganligi: 545
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/yangiqorgon-gulgunchalari-nomli-davlat-xususiy-sherikchilik-asosidagi-yangi-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 00:22