Самарқанд вилояти Оқдарё тумани
Мактабгача таълим бўлими

“MOHIR QO’LLAR“ koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi

Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek  muhim  va faxrli hamda maʼsuliyatli vazifani bajaradi. Bugungi kun tarbiyachisi ijodkor, talabchan, oʼz ishining ustasi boʼlishi juda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga amal qilgan holda taʼlim sifatini oshirish boʼyicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan; joriy yilning 13-avgust kuni Oqdaryo tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari oʼrtasida “MOHIR QO’LLAR“ koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi.

Tanlovda  tarbiyachilar  tomonidan oʼzlari yasagan ijod namunalari, qoʼl mehnatlari koʼrgazmalari amaliy mashgʼulotlar asosida koʼrsatib berildi. Tadbirga tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri B.Аsrorova tashrif buyurib, tarbiyachilarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdi va tarbiyachilar tomonidan qoʼl mehnati asosida yaratilgan oʼyinchoqlar va turli buyumlarning mazmun-mohiyati, mashgʼulotlar jarayonida qoʼllanishi, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tarbiyachilar bilan savol-javoblar oʼtkazdi va eng ijodkor tarbiyachilarni ragʼbatlantirdi.


Киритилган вақти: 13/08/2021 16:05;   Кўрилганлиги: 147
 
Материал манзили: https://oqdaryomtb.uz/news/mohir-qollar-korik-tanlovi-bolib-otdi
Чоп этилган вақт: 22/05/2022 20:42