Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oilaviy nodavlat MTTlar safi kengaymoqda

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2021 yil  10-iyundagi  “Qamrov past bo‘lgan tumanlarda  maktabgacha  ta'lim  tashkilotlari tarmog‘ini  kengaytirish bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-sonli  qarori hamda  Samarqand viloyati hokimining  2021 yil  15-iyundagi “3-7 yoshli  bolalarni  MTTlarga   qamrab olish  ko‘rsatkichini  oshirish” bo‘yicha   07-01/1108-raqam bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da  belgilangan  Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maksadida  Oqdaryo  tumani Avazali  MFY  Avazali qishlog‘ida  tadbirkor Shukurov Sobir Isroilovich tashabbusi bilan “Yulduzcha” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi “Yulduzcha” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini  foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqs hamda ifodali o‘qilgan sherlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

    Hududlarda tashkil etilayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatidan ota- onalarimiz mamnun...


Kiritilgan vaqti: 26/06/2021 08:12;   Ko‘rilganligi: 224
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/news/oilaviy-nodavlat-mttlar-safi-kengaymoqda
Chop etilgan vaqti: 16/08/2022 09:20