Самарқанд вилояти Оқдарё тумани
Мактабгача таълим бўлими

OQDARYODA YANA BITTA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATINI BOSHLADI

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʼini kengaytirish, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha taʼlim xizmatlari koʼrsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish maqsadida joriy yilning 13-avgust kuni Oqdaryo  tumani  Po’latdarxon  mahallasida   tadbirkor  Mahmudova Lola Oʻktamovna  xonadonidan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish tadbiri boʼlib oʼtdi va tumanda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yana bittaga koʼpaydi.

Tadbirda maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri B.Аsrorova, tuman maktabgacha taʼlim boʼlimi xodimlari, mahalla faollari va ota-onalar ishtirok eishdi. Tadbirni Maktabgacha taʼlim boʼlimi mudiri B.Аsrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini yangi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.

 Tashkil etilgan  ushbu  oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududdagi qamrab olinmagan 25 nafar bolajonlar qabul qilindi va 2 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi.


Киритилган вақти: 13/08/2021 14:06;   Кўрилганлиги: 173
 
Материал манзили: https://oqdaryomtb.uz/news/oqdaryoda-yana-bitta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-faoliyatini-boshladi
Чоп этилган вақт: 30/06/2022 19:25