SEMINAR TRENING
Joriy yilning 8-yanvar kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bо‘limiga qarashli 4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda innavatsion” va “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat о‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritilishi” mavzularida bahs va munozara tarzida seminar-trening о‘tkazildi.
Seminarda tuman maktabgacha ta’lim bо‘limi “Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish shu’ba” mudirlari, tajribali maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari, tarbiyachilari о‘zlarining ta’lim sifatini oshirishdagi innovatsion g‘oyalari va takliflari bilan ishtirok etishdi. Seminar trening savol-javoblar tarzida bahs – munozaraga boy bо‘ldi.
Киритилган вақти: 08/01/2022 15:36; Кўрилганлиги: 123
Чоп этилган вақт: 17/05/2022 03:50