Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Xodimlar va bolalar o‘rtasida koronavirus kasalligini oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida  tumandagi   28 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va hamshiralariga  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tomonidan yurtimiz aholisi, ayniqsa  maktabgacha ta’lim tashkilotlari  tarbiyalanuvchilari va xodimlari  salomatligini ta’minlash, xodimlar va bolalar  o‘rtasida  koronavirus kasalligini oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

    Bo‘lim mudiri “O‘zbekiston Respublikasining  ayrim qonun  hujjatlariga  aholining sanitariya-epidemiologik  osoyishtaligini  ta’minlashga qaratilgan  o‘zgartirishlar va  qo‘shimcha kiritish  to‘g‘risida”gi  qonuni  muhtaram prezidentimiz tomonidan  imzolanganligi  yuzasidan tushuncha berdi.

             -maktabgacha ta’lim tashkilotiga keladigan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning  tashkilotga kirish-chiqish qismida bolalarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;                           

             -guruhlar ichida ijtimoiy masofani saqlanishiga qat’iy rioya qilish;

           -xodimlarni  niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishini tashkil etish;

-xodimlarni sababsiz bog‘cha hududidan tashqariga chiqishlarini cheklash hamda begona shaxslarni bog‘cha hududiga kirishini ta’qiqlash

         - mashg‘ulot xonalari, yotoqxonalar, hojatxonalar talab darajasida bo‘lishi

          -tana harorati 37°C va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik

          - barcha xodimlarni zudlik bilan  vaksina olishini ta’minlash choralarini ko‘rish  kabi choralarni ko‘rish to‘g‘risida  ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.


Kiritilgan vaqti: 05/08/2021 06:57;   Ko‘rilganligi: 185
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/news/xodimlar-va-bolalar-ortasida-koronavirus-kasalligini-oldini-olish-boyicha-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 16/08/2022 10:19