Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Ijodkor tarbiyachi “ ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kun tarbiyachisi ijodkor, talabchan, o‘z ishining ustasi  bo‘lishi  muhim  ahamiyatga ega. Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarid  ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha  bir qancha  ishlar amalga oshirilmoqda.  22-iyun kuni  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari o‘rtasida  “Ijodkor tarbiyachi “ ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda  tarbiyachilar tomonidan  o‘zlari  yasagan  ijod  namunalari, qo‘l  mehnatlari ko‘rgazmalari  amaliy mashg‘ulotlar asosida ko‘rsatib berildi.   Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tarbiyachilarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdi  va  tarbiyachilar tomonidan  qo‘l mehnati asosida yaratilgan o‘yinchoqlar va turli buyumlarning mazmun-mohiyati, mashg‘ulotlar jarayonida  qo‘llanishi, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tarbiyachilar bilan savol-javoblar o‘tkazdi va eng  ijodkor  tarbiyachilarni  rag‘batlantirdi.


Kiritilgan vaqti: 22/06/2021 15:18;   Ko‘rilganligi: 220
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/oz/news/ijodkor-tarbiyachi-korik-tanlovi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2022 04:44