Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda taʼlim sifatini oshirish – ustuvor masala.

Bugun Oqdaryo tumanida 14-son musiqa va san ‘at maktabida  tuman  Maktabgacha ta'lim bo’limi tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida o’quv amaliy semenar tashkil etildi.  Semenarda Oqdaryo tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri Ch.Ortiqova, ”Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish shu'ba mudirlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali metodistlari hamda tarbiyachilar  ishtirok etishdi. 

Semenarda O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi 595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil  22-dekabrdagi 802-son  “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning standartini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori shuningdek O’zbekiston Respublkikasi  Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish  konsepsiyasida belgilangan vazifalar  hamda Maktabgacha ta’lim vazirining  2021-yil 12-iyuldagi  “Maktabgacha ta’lim tizimida  uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risida”gi 128-sonli buyrug’I ijrosini ta’minlash haqidagi ma’ruzalar tinglandi. O'quv amaliy semenarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga, ta'lim tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, òqitishning zamonaviy  ilg'or usullarini, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini ta'limiy-tarbiyaviy jarayonga joriy etish natijalari  haqida   o'zaro fikr va tajriba  almashinildi. Seminar ishtirokchilari  tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida duch kelayotgan muammolar to'g'risidagi savollariga  asosli  tarzda javob berildi.


Kiritilgan vaqti: 11/12/2021 12:00;   Ko‘rilganligi: 164
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-tashkilotlarda-talim-sifatini-oshirish-ustuvor-masala
Chop etilgan vaqti: 22/05/2022 19:39