“Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari”
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 26- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi . Seminarga maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, bo‘lim xodimlari, barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.

26-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan har bir guruhda ochiq mashg‘ulotlar, o‘tkazildi. Bo‘lim metodistlari tomonidan o‘quv treninglari tashkil etildi. Tarbiyachilar o‘zaro bir-birlari bilan tajriba almashishdi. Seminar yakunida bo‘lim mudiri B.Asrorova tarbiyachilarga ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yo‘llari, uslublari to‘g‘risida o‘z fikr va takliflarini berdi.
Kiritilgan vaqti: 16/02/2021 14:35; Ko‘rilganligi: 277
Chop etilgan vaqti: 30/06/2022 19:31