Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryoda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni yana bittaga ko’paydi

Davlatimiz  va jamiyatimizning  qudrati  va salohiyatini, butun  borlig’imiz  va kuch-g’ayratimizni  barkamol  avlod tarbiyasiga  safarbar etish  uchun  barcha sharoitlar va imkoniyatlarga  egamiz.Bularning barchasi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga  qamrovini  oshirib, ularning sog’lom , aqlan  yetuk  bo’lib ulg’ayishiga  zamin  yaratmoqda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, sohada nodavlat  sektornng ulushini  oshirish maqsadida joriy yilning 18-avgust kuni  Oqdaryo tuman Taraqqiyot  mahallasida  yakka tartibdagi tadbirkor Kulijonov Javlon tashabbusi bilan  “Laylo”  nomli oilaviy nodavlat  maktabgacha ta’lim tashkilotining  ochilish tadbiri  bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri B.Asrorova va  bo’lim xodimlari ishtirok etishib  mahalla  ahlini  ushbu  oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.

        Tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mahalladagi  qamrab olinmagan 25 nafar  bolajonlar  qabul qilindi va 2 nafar  ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.


Kiritilgan vaqti: 20/08/2021 06:20;   Ko‘rilganligi: 124
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryoda-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-soni-yana-bittaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 22/05/2022 20:36