Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

TUMANIMIZDA YANA 35 TA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATI YO’LGA QO’YILDI

Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan yana 35 nafar tashabbuskor tadbirkorlar o’rtasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun bitim tuzildi. Natijada 1425 nafar 3-7 yoshli bolalar sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishiga erishildi hamda tumanimiz xotin-qizlari uchun 114 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 

Oqdaryo tumanida 35 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  3-7 yoshli bolalar 13608 nafarni tashkil etadi. Hozirgi  kunda  tuman  maktabgacha  ta’lim bo‘limi  tasarrufida  jami 172 ta maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari jumladan: 28 ta davlat,  1 ta xususiy, 8 ta davlat-xususiy sheriklik  asosidagi va  135 ta  oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Hozirda  maktabgacha ta’lim tashkilotlariga  10285 nafar bolalar qamrab olingan  bo‘lib, qamrov  ko‘rsatkichi 77 foizni   tashkil etadi. 2021 yil yakuniga qadar qamrov ko‘rsatkichini 80% ga etazish rejalashtirib, bu bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar belgilangan, yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan va qamrovni oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 02/08/2021 13:43;   Ko‘rilganligi: 146
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/oz/news/tumanimizda-yana-35-ta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-faoliyati-yolga-qoyildi
Chop etilgan vaqti: 24/05/2022 18:25