Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” KASBIY - KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI

Oqdaryo  tuman maktabgacha ta'lim  bo‘limi tasarrufidagi   2-sektor  hududida joylashgan  6, 8, 18, 19, 22, 28, 36-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari o‘rta maxsus mutaxassis  tarbiyachilari o‘rtasida  “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovda tarbiyachilar  5 ta  shart bo‘yicha bellashdi. Tarbiyachilar o‘zlari yasagan    qo‘l mehnatlaridan  mashg‘ulotlar davomida foydalanish usullarini,  “Ilk qadam” davlat dasturi va Davlat talablari hamda yangi pedagogik texnologiyalarni va kasbiy bilimlarini ayniqsa, kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni har tomonlama kamol topishida o‘zlarining turli metodlaridan  samarali foydalanish yo‘llarini mahorat bilan  amaliy tarzda ko‘rsatib berdi. Hakamlar hay'ati  barcha shartlar bo‘yicha yuqori  natijalarga  erishgan  22-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti  tarbiyachisi  Akbarova Charos Baratovnani  g‘olib deb topdi. Ishtirokchilar maktabgacha ta'lim bo‘limining  faxriy  yorliqlari bilan taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 08:38;   Ko‘rilganligi: 181
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/oz/news/yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 22/05/2022 20:45