Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi sektorlar kesimida davom etmoqda

Har yili  an'anaga aylangan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida  bo‘lib o‘tadigan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”  kasbiy ko‘rik-tanlovi  joriy yilning  1-iyul kuni Oqdaryo tuman  maktabgacha ta'lim  bo‘limi tasarrufidagi  3-sektor    hududida  joylashgan    1, 3, 11, 14, 21, 27, 30, 34-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida  bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘rik-tanlovda  maktabgacha ta'lim  jarayonidagi  o‘qitish metodikasi,  tizimga oid yangiliklar, yaratilgan ijodiy ishlar, ko‘rgazmali va  didaktik  materiallarni  ta'lim-tarbiya  jarayoniga tatbiq etilishi bo‘yicha  tarbiyachilar  pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatlarini  namoyon qilishib, hakamlar hay'ati tomonidan  5 ta  shart bo‘yicha  5 ballik  tizimda baholandi.  Tanlovda barcha shartlar bo‘yicha  yuqori ko‘rsatkichni egallagan  30-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi  Baxromova Shoxista  faxrli  1-o‘rinni olib, tanlovning mutloq g‘olibi deb topildi.  Barcha  ishtirokchilar   maktabgacha ta'lim bo‘limining  faxriy  yorliqlari   bilan taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 08:52;   Ko‘rilganligi: 159
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/oz/news/yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovi-sektorlar-kesimida-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 17/05/2022 04:30