Tadbirlar
Xayr bog‘cha - salom maktab!

31-05-2023 13:16 358
2022-2023 o'quv yili yakunida Oqdaryo tumani Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi tayyorlov guruhlarida "Xayr, bog‘cha - salom, maktab!" tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Bog'chada bolajonlar uchun tashkil etilgan tadbir o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazilar ekan tadbir davomida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan ona-Vatanni, baxtli bolalikni madh etuvchi she'rlar, kuy-qo‘shiq va raqslar ota-onalarga zavq -shavq bag‘ishladi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining " Maktabgacha ta'lim tashlikotlarida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari tomonidan seminar treninglar tashkil qilinmoqda.

18-05-2023 16:36 188
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining " Maktabgacha ta'lim tashlikotlarida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari va pedagog hodimlarining kasbiy tajriba almashish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida"gi 01-8B-89-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Oqdaryo tuman MMTB tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari Samarqand shahridagi Maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, yillar davomida o'zlari orttirgan tajriba, bilim va malakalari bilan, hamda tayyorlagan taqdimotlari bilan pedagog xodimlarga seminar -treninglar tashkil qilishmoqda.
Oqdaryo tuman 8-DMTT tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Tabiatni birga asraylik" shiori ostida rasmlar ko'rik tanlovi xududiy bosqichi o'tkazildi.

15-05-2023 16:52 206
Oqdaryo tumani 8-sonli DMTT da 5-7 yoshli bolajonlar o'rtasida "Tabiatni birga asraylik" nomli rasmlar ko'riklanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi. Tanlovda bolajonlar asosan yorqin ranglardan foydalanib, tabiatga mehr bilan uni asrash va tabiat ko'rki bo'lmish kamalak jilosi tasvirlangan rasmlarni ko'rishingiz mumkin. Tanlovda Xolmurodova Jasmina g'olib deb topildi va barcha tarbiyalanuvchilarning chizgan rasmlari tuman bosqichiga yuborildi.
"Oilam uchun o'z qo'lim bilan tayyorlagan sovg'a" rasmlar tanlovi

12-05-2023 18:53 100
Oqdaryo tumani 14-son Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida " 15- may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan " Oilam uchun men oʻz qoʻlim bilan tayyorlangan sovgʻam" shiori ostida katta va tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari oʻrtasida koʻrik tanlov boʻlib oʻtdi. Tanlovda bolajonlar oʻzlarining ijodkorliklarini namoyon etishib faxrli oʻrinlarni egallashdi.
Oqdaryo tuman 7-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturini qo‘llash.” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

11-04-2023 16:47 115
Joriy yilning 11-aprel kuni Samarqand viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasining katta o‘qituvchisi p.f.f.d (PhD) Z.Sh.Qarshiyeva Oqdaryo tuman 7-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturini qo‘llash.” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida Maktabgacha ta’limda faoliyat yuritayotgan pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi haqida ma’lumotlar berildi.Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, shu mavzudagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Joriy yilning 3-aprel kuni tumandagi 7-sonli DMTTda "Qushlarni asraylik" mavzusida tadbir o'tkazildi.

04-04-2023 08:47 110
Tabiatni asrashni bolajonlarimiz hayotida kónikmaga aylantirish maqsadida bolalar o‘z qo‘llari bilan qog‘oz materiallaridan qush uyalarini yasadilar.
Joriy yilning 30-mart kuni 24 va 25 DMTT xodimlari o'rtasida navbatdagi "Zukkolar davrasi 2023" ko'rik tanlovi o'tkazildi.

30-03-2023 18:54 134
Oqdaryo tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tasrrufidagi barcha Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'rtasida tashkil qilingan "Zukkolar davrasi-2023" ko'rik tanlovining navbatdagi bosqichi 24-DMTT da o'tkazildi. Tanlov 5 shatrdan iborat bo'lib, pedagog xodimlarning bilib saviyasi, tarbiyalanuvchilarning yillar davomida olgan bilim va ko'nikmalari tadbir davomioda namoyish etildi.
Oqdaryo tuman istirohat bogʻida " Navroʻz bayrami" boʻlib oʻtdi. Bayramda Maktabgacha taʼlim tizimi hodimlari ham faol ishtirok etishdi.

18-03-2023 18:44 168
Milliy urf- odatlarimizdan kelin salom, oʻrchuq yigirish, lapar aytishib, doshqozonda sumalak pishirishdilar. Jajji bolajonlar oʻzlarining raqslari bilan barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladilar.
"Zukkolar davrasi"

16-03-2023 03:33 119
Joriy yilning 14- mart kuni Oqdaryo tuman 10-son Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Zukkolar davrasi" bellashuvi boʻlib oʻtdi. Bellashuvda pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar 5 ta shart asosida bellashib, oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etishdi.
Tumanda maktabgacha ta'lim bo'lim tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'rtasida an'anaviy o'tkaziladigan "Zukkolar davrasi" ko'rik tanloviga start berildi.

10-03-2023 06:07 124
Joriy yilning 9-mart kuni Oqdaryo tuman Maktabgacha ta'lim bólimi tasrrufidagi 5-DMTTda 5 va 27-DMTT pedagog xodimlari órtasida "Zukkolar davrasi" kórik tanlovi bólib ótdi.
- 1
- 2