Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman 7-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturini qo‘llash.” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Joriy yilning 11-aprel kuni Samarqand viloyati PYMO‘MM  Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasining katta o‘qituvchisi p.f.f.d (PhD) Z.Sh.Qarshiyeva Oqdaryo tuman 7-DMTTda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturini qo‘llash.” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida  Maktabgacha ta’limda faoliyat yuritayotgan pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi haqida ma’lumotlar  berildi.Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi, shu mavzudagi  fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Bugungi kunda  bolalarni maktab  ta’limiga berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.


Oxirgi o‘zgarish: 11/04/2023 16:57;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/events/oqdaryo-tuman-7-dmttda-maktabgacha-talim-tashkilotlarida-ilk-qadam-davlat-oquv-dasturini-qollash-mavzusida-mahorat-darsi-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 25/09/2023 00:12