10-MTT mudirasining hisoboti tinglandi
Bugun 1-sektor hududidagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 1-sektor rahbari tuman hokimi N.Sulaymonov, hokim o‘rinbosari S.Luqmonov va maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorovalar ota-onalar va mahalla fuqarolari bilan uchrashdilar
Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish va oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashda vijdonan yondashish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori V.Xudoyberdiyevaning hisoboti tinglandi, ota-onalar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.
Sektor rahbari tomonidan yuzaga kelgan muammolar, ularni hal etish choralari yuzasidan tashkilot rahbarlariga vazifalar taqsimlab berildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Kiritilgan vaqti: 07/05/2021 07:18; Ko‘rilganligi: 359
Chop etilgan vaqti: 06/02/2023 21:32