19-avgust kuni 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Tadbirda Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari, Navro‘z mahallasi raisi, Xotin qizlar qo‘mitasi raisi va MFY faollari, keng jamoatchilik vakillari va bolajonlarning ota onalari ishtirok etdilar.

Ochiq eshiklar kuni tadbiri qatnashchilari 5-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan guruhlardagi ta'lim tarbiya jarayoni,rivojlantiruvchi markazlar faoliyati,chet tili tugaraklari faoliyati,bolalarning sog‘lom ovqatlantirilishi axvoli ,tibbiyot hamshirasi ish faoliyati ,MTM da bolalarning o‘z vaqtida o‘ynashlari va ko‘ngilli dam olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Tadbir ishtirokchilariga katta tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida tayyorlangan “Xayr bog‘cham”tadbirini namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida ota-onalar va mahalla faollari 5-MTM faoliyati haqida iliq fikrlar bildirishdi va farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan jonkuyar tarbiyachi va pedagoglarga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Oxirgi o‘zgarish: 20/08/2019 07:52; Ko‘rilganligi: 961
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 22:55