2021 yil 29- aprel kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri B.Asrorova tomonidan Oqdaryo Pedagogika kollejida tashkil etilgan maktab ta’limiga bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyati o’rganildi
2021 yil 29- aprel kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri B.Asrorova tomonidan Oqdaryo Pedagogika kollejida tashkil etilgan maktab ta’limiga bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyati o’rganildi. Pedagogika kollejida jami 3 ta guruh bo’lib, 3 nafar tarbiyachi va 3 nafar yordamchi tarbiyachi faoliyat olib bormoqda. Tarbiyalanuvchilarga berilayotgan sifatli ta’lim –tarbiya jarayonlari tarbiyachilar salohiyati, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155- -sonli buyrug’i asosida faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan ish hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va yuritilishida ta’lim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligi, olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil etilganligi, mashg’ulot davomida foydalanayotgan ko’rgazmali qulollari va tarbiyalanuvchilarning bilim, ko’nikmalari savol- javoblar orqali tanqidiy o’rganildi.
O’rganish davomida bir qancha kamchiliklar aniqlandi. Yo’l qo’yilgan kamchilklarni bartaraf etish yo’llari, ta’lim –tarbiya sifatini ko’tarish, bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala madaniyati, mashg’ulotlarda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab, yangiliklar yaratish metodlari xususida bo’lim mudiri tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
Kiritilgan vaqti: 30/04/2021 14:59; Ko‘rilganligi: 525
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 20:44