Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“BALLI QIZLAR ” koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi

Viloyat  maktabgacha  taʼlim  boshqarmasining  2021 yil 7-iyundagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yozgi sogʼlomlashtirish davrini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 64-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash yuzasidan Oqdaryo tuman maktabgacha taʼlim boʼlimiga qarashli  10-sonli maktabgacha taʼlim  tashkilotida  joriy yilning  13-avgust kuni tarbiyalanuvchi qizlar oʼrtasida “BALLI QIZLAR ” koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi.

Ishtirokchi qizlar 5 ta shart boʼyicha bellashdilar. Guruh tarbiyachilarining ham ishtiroki tanlovga oʼzgacha zavq bagʼishladi. Tanlovda barcha ishtirokchilar shartlar asosida bellashib, hakamlar hayʼati tomonidan berilgan barcha savollarga oʼzining zukkoligi, topqirligi, epchilligi bilan javob berib nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritishdi va ishtirokchilar maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan maqtov yorliqlari va qimmatbaho sovgʼalar bilan ragʼbatlantirildi.


Kiritilgan vaqti: 13/08/2021 15:52;   Ko‘rilganligi: 380
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/balli-qizlar-korik-tanlovi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:04