BAYRAM BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN
Muhtaram yurtdoshlar!
Qadrli hamkasblar!
Sizlarni, barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va sahovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Bu qutlug‘ bayramda hammamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.
El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning úzi madadkor bo‘lsin! Muqaddas kunlarda niyat qilaylikki, farzandlarimiz va shogirdlarimiz kamolidan mudom yuzimiz yorug‘, qaddimiz baland bo‘lsin! Yosh avlodni chinakam insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, hayotda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kabi ezgu ishlarimizning mudom rivojini va xayrli natijalarini bersin!
BAYRAM BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN
Hurmat va ehtirom bilan
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri
Asrorova Baxtigul Abrorovna
Kiritilgan vaqti: 12/05/2021 16:20; Ko‘rilganligi: 457
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:56