BAYRAMINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!
Muhtaram yurtboshimiz 2017 yil 30 iyun kuni respublika "Kamolot" qurultoyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e'lon qildi. Shundan buyon 30 iyun kuni yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda.
Aziz yoshlar ! biz sizlarni Vatanimizning, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz. Siz O‘zbekistonimizning yorug‘ va farovon istiqbolini bunyod etishdek mas'uliyatli vazifalarni hal etishga qodirsiz.
Sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O‘zbekistonimizning munosib, ma'nan sog‘lom farzandi, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etishini hamda kuch-g‘ayrat va shijoat hech qachon tark etmasligini tilaymiz.
Hamisha xalqimizning yuksak ishonchiga munosib bo‘ling! Biz sizlarga ishonamiz!
O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga mahkam bel bog‘lagan, Siz aziz yoshlarni “ Yoshlar kuni “ bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilaymiz.
Hurmat bilan
Asrorova Baxtigul Abrorovna
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri.
Kiritilgan vaqti: 30/06/2021 10:07; Ko‘rilganligi: 338
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 09:41