Bog‘cha mudiralari xalqni oldida hisobot bermoqda
Endilikda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bolalarning oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashda vijdonan yondashish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasida qasamyod qilib, xalqni oldida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berib borishlari belgilandi.
Shu munosabat bilan, bugun 4-sektor hududiga qarashli 4-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul xodimlari, ota-onalar ishtirokida yuqoridagi vazifalar yuzasidan bog‘cha mudirasining hisoboti tinglandi hamda kelgusidagi rejalar belgilandi. Shuningdek, tadbirda ota-onalar o‘zlarini o‘ylantirgan masalalar bilan mas'ullarga murojaat qilishdi.
Kiritilgan vaqti: 04/05/2021 13:42; Ko‘rilganligi: 363
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 07:48