Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bolajonlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir barchaga manzur bo‘ldi

Bugun “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kichik mutahassislar tayyorlash markazining targ‘ibot guruhi a'zolari 7-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirida ishtirok etishdi.

Bugun “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kichik mutahassislar tayyorlash markazining targ‘ibot guruhi a'zolari 7-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirida ishtirok etishdi. “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” shiori ostidagi tadbirda bolajonlar o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan yig‘ilganlarning olqishlariga sazovar bo‘lishdi. Unda bir-birini takrorlamas vatan haqidagi she'r va qo‘shiqlar, sport sahna ko‘rgazmasi hamda “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” qo‘shig‘iga tayyorlangan musiqiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Kiritilgan vaqti: 07/01/2021 06:19;   Ko‘rilganligi: 539
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/bolajonlar-ishtirokida-otkazilgan-tadbir-barchaga-manzur-boldi
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 19:59