Ceminar-trening o‘tkazildi
2021 yil 28-iyun kuni viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Jo‘rayev rahbarligida Oqdaryo Pedagogika kollejining faollar zalida “Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya sifatini oshirishda innovatsion yondashuv” va “Samarqand mahorat maktabini namunali tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish” mavzularida bahs va munozara tarzida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Payariq, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari maktabgacha ta'lim bo‘limi “Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish shu'ba” mudirlari, tajribali maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari, tarbiyachilari o‘zlarining ta'lim sifatini oshirishdagi innovatsion g‘oyalari va takliflari bilan ishtirok etishdi. Seminar trening savol-javoblar tarzida bahs – munozaraga boy bo‘ldi.
Kiritilgan vaqti: 28/06/2021 15:59; Ko‘rilganligi: 423
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 19:57