Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

FARZANDLARIMIZ -BIZNING KELAJAGIMIZ!

Insoniyat yaralibdiki, to hozirgi kunga qadar rivojlanishlar, yuksalishlar sari intilib yashaydi. Yuksalish qay bir sohada bo‘lmasin,  albatta  u inson tomonidan yaratiladi. Hozirgi kunda  nafaqat yurtimizda,   balki butun dunyo mamlakatlarida  koronavirus  pandemiyasi tufayli  karantin e'lon qilinganligiga qaramay barcha ta'lim sohalarda                        jumladan,  maktabgacha ta'lim tizimida  ham  onlayn tarzda ta'lim-tarbiya  jarayoni  olib borilmoqda.

FARZANDLARIMIZ -BIZNING KELAJAGIMIZ!

              Insoniyat yaralibdiki, to hozirgi kunga qadar rivojlanishlar, yuksalishlar sari intilib yashaydi. Yuksalish qay bir sohada bo‘lmasin,  albatta  u inson tomonidan yaratiladi. Hozirgi kunda  nafaqat yurtimizda,   balki butun dunyo mamlakatlarida  koronavirus  pandemiyasi tufayli  karantin e'lon qilinganligiga qaramay barcha ta'lim sohalarda                        jumladan,  maktabgacha ta'lim tizimida  ham  onlayn tarzda ta'lim-tarbiya  jarayoni  olib borilmoqda. Tizimda faoliyat yuritayotgan   barcha pedagog xodimlar vatanimiz kelajagi bo‘lmish jajji bolajonlarimizning barkamol avlod bo‘lib shakllanishida o‘z hissalarini  qo‘shib kelmoqdalar.                 Yosh avlod – bu jo‘shqin bir daryo. Har bir inson bir irmoq bo‘lsa. ularni birlashtiruvchi o‘zan – bu tarbiyachi - murabbiydir. Hozirgi  sinovli kunlarda ham tarbiyachilarimiz    kunlik faoliyatida  masofadan turib bolaning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlarini, bola salomatligini asrash va mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini o‘yinlar, ta'lim – tarbiya berish orqali  o‘stirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu  maqsad sari intilib,  Maktabgacha ta'lim Vazirligi, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi  tomonidan berilayotgan tavsiyalar asosida, tumanimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun onlayn mashg‘ulotlarni olib borishmoqdalar.  Ushbu mashg‘ulotlar  maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan tashkil etilgan  ota-onalar  va tarbiyachilar  hamkorlik telegram kanaliga  uzatilib kelinmoqda. Tarbiyachilarimiz ota-onalar bilan hamkorlikda  faoliyat olib bormoqdalar.  Onlayn mashg‘ulotlar orqali  bolajonlarimizga berilayotgan topshiriqlarni birgalikda bajarmoqdalar. Berilayotgan  tavsiyalar, applikatsiya ishlari, musiqiy chiqishlar, badantarbiya va nutq o‘stirishga oid mashg‘ulotlar, qiziqarli ertak va sherlar  bolajonlarimizning salomatligi, odob-axloqli, mehnatsevar, vatanparvar, ma'suliyatli bo‘lib tarbiyalanishlarida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday  e'tibordan ota-onalarimizning quvonchi cheksiz. Tarbiyachilar bilan masofaviy hamkorlikda  farzandlarimizning yanada bilim olishlari, jismonan sog‘lom  va ma'nan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida  hamfikr bo‘lib kelmoqdalar. Telegram kanalimizda tarbiyachilarimiz tomonidan  berib borilayotgan  topshiriqlarni    farzandlari bilan birga a'lo darajada bajarib, tarbiyachilarimiz   shijoatiga yanada  kuch bag‘ishlab kelmoqda.Ota-onalarimiz tomonidan har kuni telegram kanalimizga kelayotgan minnatdorchilik xatlari buning isbotidir. Ota- onalarimizni tizimda bo‘layotgan yangiliklarga befarq bo‘lmay, farzandlari uchun xavfsiz muhitni ta'minlab, ularning tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotganligi bizni yanada  quvontirmoqda. Bundan tashqari, Har kuni efir orqali  farzandlarimiz uchun “Bolajon” telekanalida  “Aqlvoy”, “Elementar matematika”, “Nutq  o‘stirish”ga oid  ko‘rsatuvlar,  musiqali  chiqishlar , multfil'mlar  va boshqa  qiziqarli  ma'lumotlar berib borilmoqda. Buning uchun bolajonlarimiz   uchun  shunday sharoitlarni , imkoniyatlarni  yaratib berayotgan  muhtaram Prezidentimizga,  Maktabgacha ta'lim  Vazirligiga,  “Bolajon” ko‘rsatuvi ijodkorlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bundan keyin ham Vatanimiz kelajagi bo‘lmish farzandlarimizni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlarida o‘z bilim va mahoratimizni ayamaymiz. Hozirgi sinovli kunlarda

BIZ  SIZ  BILAN  BIRGAMIZ !

 

                                                                                 

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim                                                                                                                  bo‘limi  mudiri.  Baxtigul Asrorova


Kiritilgan vaqti: 28/05/2020 08:31;   Ko‘rilganligi: 576
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/farzandlarimiz-bizning-kelajagimiz
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:59