G‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy
Joriy yilning 8- fevral kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “G‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 8- fevral kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan “G‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, mahalla faollari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari tashrif buyurishdi. Tadbirda tashkil etilgan ko‘rgazmalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, raqslar va bobomiz qalamiga mansub g‘azallar barchaga manzur bo‘lib tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Kiritilgan vaqti: 09/02/2021 06:59; Ko‘rilganligi: 479
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:46