Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

HAR BIR BOLA TARBIYASIDA BARCHAMIZ MA'SULMIZ!

Xar bir xarakatlarimiz zamirida farzandlarimizni baxtu- ikboli, farovon kelajagi maksad kilib kúyilgan. Farzand -oilada  ulg‘ayadi, kamol topadi.

HAR BIR BOLA TARBIYASIDA BARCHAMIZ MA'SULMIZ!

  Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot,  yo najot – yo halokat, yo saodat-yo falokat  masalasidir.           Abdulla Avloniy

        

            Xar bir xarakatlarimiz zamirida farzandlarimizni baxtu- ikboli, farovon kelajagi maksad kilib kúyilgan. Farzand -oilada  ulg‘ayadi, kamol topadi.

          Oila–Vatan ichra bir mo‘jaz Vatan. Muhtaram Prezidentimiz  ta'kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir”. Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol  avlodni  tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir.  Bolalar tarbiyasiga   nafaqat oila,  ta'lim-tarbiya muassasalari balki mahalla  ham  ma'suldir. Chunki, farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma'naviy muhitga ham  bog‘liq. Ta'lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Ona yurtiga muhabbatni shakllantirish, ma'rifatli va ma'naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta'minlash, bolalarning ma'naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni  yaratish  har birimizning  muqaddas  burchimizdir.

          Shunisi quvonarliki, hozirda oilalarda ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo‘lgan e'tibori kundan-kunga kuchaymoqda. Bunga sabab muhtaram yurtboshimiz tomonidan xalq manfaatlari  uchun  barcha sohalarga bo‘lgan e'tibor, olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlardir. Bunday imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib kelayotgan ota-onalar farzandlari tarbiyasiga o‘ta ma'suliyat bilan qaramoqdalar.Chunki, Farzand  Olloh tomonidan ato etilgan ulug‘ ne'mat bo‘lishi bilan birga, u ota-onaga topshirilgan ma'suliyat hamda omonatdir. Bolalar - kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan,ham  ruhan, ham ma'nan sog‘lom bo‘lib kamolga yetkazish  barchamizning asosiy vazifamiz bo‘lib qolishi kerak.  

         Zero, tarbiya -shaxsning  ma'naviy    va   aqliy   qiyofasini,  hattoki butun taqdirini belgilovchi omildir. Ulug‘ mutafakkir Abdulla Avloniyning“Turkiy Guliston yoxud axloq”kitobida “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni,foyda bilan zararni,oq bilan  qorani  ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish – tarbiya bilan bo‘lur” - deyilgan. Farzandga to‘g‘ri tarbiya berish esa oiladan  boshlanadi. Oilada  farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun ma'naviy- axloqiy sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatlarga erishiladi.

         Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o‘zlarining burch va ma'suliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Shunday ekan, oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e'tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat'iy rejim va kun tartibini o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini  ko‘rsatadi.       

         Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Bu  borada ota-onalarning oilada  farzand   tarbiyasi  va ma'naviy -axloqiy ruhiy va  jismoniy  kamoloti  uchun  zarur bo‘lgan ijobiy  ota- onalik ko‘nikmalarini o‘zlashtirib borishi katta ahamiyatga ega.Xar bir  ota-ona  o‘z   farzandini   dunyodagi    eng   tolei baland ma'rifatli   va   saodatli   bo‘lishini  istaydi   va  bunga erishish yo‘lida harakat qilmoqda. Shunday ekan, biz maktabgacha ta'lim tizimi   xodimlari, ota-onalar  mahalla  bilan  hamkorlikda   bolalar   tarbiyasiga hech qachon befarq bo‘lmaylik

  Farzandlarimiz ta'lim- tarbiyasiga bo‘lgan e'tiborni  o‘zligimiz  va kelajakka bo‘lgan  e'tibor deb bilib, yosh avlodga   g‘amxo‘rlik  ko‘rsatish , sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri tarbiya hamda ta'lim  olishini   ta'minlash  barchamizning burchimiz  ekanligini hech  qachon  unutmaylik. Farzandlarimizga shunday tarbiya beraylikki, ular o‘z ota-bobolariga, o‘z tarixi, Vatani, oilasi, ona tiliga, millati, dini va an'analariga sodiq bo‘lib kamol topishsin.

 

    Asrorova  Baxtigul  Abrorovna               

    Oqdaryo  tuman  maktabgacha  ta'lim

    bo‘limi  mudiri


Oxirgi o‘zgarish: 28/05/2020 08:34;   Ko‘rilganligi: 732
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/har-bir-bola-tarbiyasida-barchamiz-masulmiz
Chop etilgan vaqti: 25/09/2023 00:23