Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Hashar - elga yarashar!

Bugun Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, idora va tashkilotlar atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida  umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi jamoasi hamda barcha davlat, nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham umumxalq xayriya hashari erta tongdanoq birdamlik bilan boshlandi.
Hashar davomida tashkilot hovlilari supurilib, yerlar ag‘darildi.
Yangi ekilgan ko‘chatlar tagi yumshatilib, oqlandi.
Tashkilot xonalarida to‘liq tozalik ishlari olib borilmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 18/03/2023 19:03;   Ko‘rilganligi: 93
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/hashar-elga-yarashar
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 23:45