Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Ifodali o‘qilgan she'r” ko‘rik -tanlovining II- hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Okdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tumandagi 3-sektor hududidagi  1, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Ifodali o‘qilgan she'r” ko‘rik -tanlovining II- hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda tumandagi 3,5,11,13,21,27,30,34-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining I-bosqichda g‘olib chiqqan tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Ko‘rik -tanlov jarayonlari bo‘yicha 4 yoshdan- 5 yoshgacha bo‘lgan guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida  13-MTT tarbiyalanuvchisi Alamxonov Temurxon, 5 yoshdan -6 yoshgacha bo‘lgan guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida 34-MTT tarbiyalanuvchisi Elmurodova Irodaxon, 6 yoshdan -7 yoshgacha guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida 34-MTT tarbiyalanuvchisi Baxromov Dilshodxon, 21-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchisi Hoshimxonova Zebolar g‘olib deb topildi va ko‘rik tanlovning  III-tuman bosqichiga yo‘llanma olishdi. G‘olib tarbiyalanuvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 27/04/2021 06:25;   Ko‘rilganligi: 506
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/ifodali-oqilgan-sher-korik-tanlovining-ii-hududiy-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 22:59