“Ijodkor tarbiyachi “ ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Bugungi kun tarbiyachisi ijodkor, talabchan, o‘z ishining ustasi bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarid ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 22-iyun kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari o‘rtasida “Ijodkor tarbiyachi “ ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tarbiyachilar tomonidan o‘zlari yasagan ijod namunalari, qo‘l mehnatlari ko‘rgazmalari amaliy mashg‘ulotlar asosida ko‘rsatib berildi. Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tarbiyachilarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdi va tarbiyachilar tomonidan qo‘l mehnati asosida yaratilgan o‘yinchoqlar va turli buyumlarning mazmun-mohiyati, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanishi, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tarbiyachilar bilan savol-javoblar o‘tkazdi va eng ijodkor tarbiyachilarni rag‘batlantirdi.
Kiritilgan vaqti: 22/06/2021 15:18; Ko‘rilganligi: 356
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:01