Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Ijodkor tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi   Vazirlar Mahkamasining  2020 yil  22-dekabrdagi  802-sonli  qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha  ta'lim va tarbiyaning  davlat standarti”ni  ijrosini  ta'minlash  hamda  maktabgacha  ta'lim  tashkilotlari pedagog  xodimlarining innovatsion  faoliyatini   qo‘llab-quvvatlash,  ilg‘or pedagogik  tajribalarni ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga   Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar  rivojlanishiga qo‘yiladigan  Davlat  talablari, “Ilk qadam”  Davlat  o‘quv  dasturi asosida yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy etish, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat   yuritib kelayotgan  yosh ijodkor, iste'dodli va o‘z  ishiga  sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularni  rag‘batlantirish  maqsadida  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi  4-sektor  hududida  joylashgan  5-12-16- 20- 25- 26-sonli  maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida  “Ijodkor tarbiyachi”  ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda  maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tarbiyachilarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishdi  va  tarbiyachilar tomonidan  qo‘l mehnati asosida yaratilgan o‘yinchoqlar va turli buyumlarning mazmun-mohiyati, mashg‘ulotlar jarayonida  qo‘llanishi, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan tarbiyachilar bilan savol-javoblar o‘tkazdi va eng  ijodkor  tarbiyachilarni  rag‘batlantirdi.


Kiritilgan vaqti: 03/07/2021 08:01;   Ko‘rilganligi: 516
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/ijodkor-tarbiyachi-korik-tanlovi-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 23:50