Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“IJODKOR TARBIYACHI” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi   Vazirlar Mahkamasining  2020 yil  22-dekabrdagi  802-sonli  qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha  ta'lim va tarbiyaning  davlat standarti”ni  ijrosini  ta'minlash  hamda  maktabgacha  ta'lim  tashkilotlari pedagog  xodimlarining innovatsion  faoliyatini   qo‘llab-quvvatlash,  ilg‘or pedagogik  tajribalarni ommalashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga   Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar  rivojlanishiga qo‘yiladigan  Davlat  talablari, “Ilk qadam”  Davlat  o‘quv  dasturi asosida yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy etish, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat   yuritib kelayotgan  yosh ijodkor, iste'dodli  tarbiyachi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularni  rag‘batlantirish  maqsadida  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida  “Ijodkor tarbiyachi”  ko‘rik-tanlovining xudud bosqichi  bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida  ishtirok etish uchun  yo‘llanmani  qo‘lga kiritgan  1-7-13-22-24-34 –sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari  tarbiyachilari 5 ta  shart  asosida  bellashdilar. Hakamlar hay'ati tomonidan  qo‘l mehnati asosida yaratilgan o‘yinchoqlar va turli buyumlarning mazmun-mohiyati, mashg‘ulotlar jarayonida  qo‘llanishi, ulardan foydalanish tartibi,  5ta rivojlantiruvchi  markazlar, “Ilk qadam” davlat dasturi  yuzasidan  berilgan savollarga  barcha  tarbiyachilar  javob  berishib, o‘z ijodkorligini namoyon qilishdi. Tarbiyachilar nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi va  maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan  faxriy yorliq  bilan taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 12/07/2021 17:21;   Ko‘rilganligi: 394
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/ijodkor-tarbiyachi-korik-tanlovining-tuman-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 02:49