Kaskad usulida o'quv amaliy semenar tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil 18- maydagi " Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo'naltirilgan kaskad usulida seminar treninglar tashkil etish to'g'risida"gi 88-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida tajribali, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan Oqdaryo pedagogika kollejida Oqdaryo, Payariq, Paxtachi, Kattaqòrğon, Narpay, Qòshrabot tumanlarining Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish shu'ba mudirlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali metodistlari ishtirokida o'quv amaliy semenar tashkil etildi.
Kaskad usulida tashkil etilgan o'quv amaliy semenarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga, ta'lim tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, òqitishning zamonaviy ilg'or usullarini, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini ta'limiy-tarbiyaviy jarayonga joriy etish natijalari haqida tumanlararo o'zaro fikr va tajriba almashinildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida duch kelayotgan muammolar to'g'risidagi savollarga trenerlar tomonidan asosli, amaliy tarzda javob berildi. Ishtirokchilar amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etishdi.
Kiritilgan vaqti: 07/06/2021 05:57; Ko‘rilganligi: 484
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 23:25