Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Oqdaryo tuman Pedagogika kollejida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-iyundagi  PF-6013-son O‘zbekiston Respublikasida  “Korrupsiyaga qarshi  kurashish  tizimini takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig‘i v.v/b.  B.Mamirov, boshqarma  yuriskonsulti  Sh.Aripov tuman prokuraturasi mutaxassisi D.Mamarayimov, pedagogika kolleji direktori M.Saidmurodov,  tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, bo‘lim xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish  shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish  to‘g‘risida gapirib útildi.  Tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari tomonidan berilgan savollarga  boshqarma yuriskonsulti Sh.Aripov tomonidn to‘liq javob berildi. Yig‘ilish so‘ngida bo‘lim mudiri B.Asrorova tomonidan maktabgacha ta'lim tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib olindi.


Kiritilgan vaqti: 08/06/2021 06:54;   Ko‘rilganligi: 385
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/korruptsiyaning-oldini-olish-va-unga-qarshi-kurashishga-qaratilgan-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:47