Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda dezinfeksiyalash tadbiri o‘tkazilmoqda
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda dezinfeksiyalash tadbiri o‘tkazilmoqda
Haftaning shanba va yakshanba dam olish kunlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmasligi, tarbiyalanuvchilar bo‘lmasligini hisobga olgan holda ushbu kunlarda Oqdaryo tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi zararsizlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya xolati o‘rganilib, yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan dezinfeksiya profilaktik tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, bo‘limning zararsizlantirish guruhi tomonidan Yangiqo‘rg‘on, So‘g‘onchi, Turon, Amir Temur mahallalari hududidagi "Zuhraxon", "Mitti yulduzcha", "Imona", "Iste’dod" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kamerali zararsizlantirish tadbirlari amalga oshirildi.
Kiritilgan vaqti: 26/09/2022 18:04; Ko‘rilganligi: 116
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 09:42