Maktabgacha talim tashkilotlari sektor rahbarlarini nazoratida
Endilikda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bolalarning oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashda vijdonan yondashish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qasamyod qilib, xalqni oldida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berib borishlari belgilandi.
Shu munosabat bilan, bugun 4-sektor hududiga qarashli 16-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman 4- sektor rahbari J. Yadgarov, hokim o‘rinbosari S. Lukmonov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova va mas'ul xodimlari, ota-onalar ishtirokida Maktabgacha talim tashkilotlari rahbarining hisoboti tinglandi. Yuqoridagi vazifalar yuzasidan sektor rahbari va hokim o‘rinbosarining taklif va tavsiyalari tinglandi, hamda kelgusidagi rejalar belgilandi. Shuningdek, tadbirda ota-onalar o‘zlarini o‘ylantirgan masalalar bilan mas'ullarga murojaat qilishdi.
Kiritilgan vaqti: 04/05/2021 14:12; Ko‘rilganligi: 419
Chop etilgan vaqti: 22/09/2023 13:34