Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA OLIB BORILYOYOTGAN ISLOHOTLAR AMALDA

Mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk  istiqlol tufayli  O‘zbekiston  o‘tgan davr mobaynida  jahon  hamjamiyatida munosib  o‘rin egallab, milliy tiklanishdan,  milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Bugungi kunda  yurtimizda tinchlik, barqarorlikni mustahkamlash davrida  yurtboshimiz  tomonidan maktabgacha  ta'lim  tizimiga alohida e'tibor  qaratilayotganligini  aytib  o‘tishimiz lozim. Hozirgi kunga kelib maktabgacha  ta'limni rivojlantirish maqsadida ellikdan ziyod qaror, farmon, buyruq va farmoishlar ishlab chiqildi.

Vatanimiz ertangi kuni va istiqbolini hal qiladigan hozirgi yosh avlodni munosib ravishda kamolga yetkazish ta'lim -tarbiya sohasini zamonaviy darajada uzluksiz takomillashtirib borish bilan bog‘liq.

  Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha ta'lim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash ularning to‘laqonli hayot faoliyati uchun qulay shart- sharoitlarni ta'minlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish oldimizga qo‘ygan eng dolzarb vazifamizdir.

  O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari, hamda usullarini joriy etish, maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Oqdaryo tumanida 35 ta mahalla  fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, maktabgacha ta'lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalarimiz 13608 nafarni tashkil etadi. Jumladan 2017 yil yakunida bolalarni maktabgacha ta'limga jalb qilinishi va qamrov foizimiz 12.8% tashkil etsa, 2018 yil yakuniga ko‘ra 27.4%ni, 2019 yil yakunida esa 51.2% foizni  2020 yil yakuniga ko‘ra  esa 67, 2 % ga, hozirgi kunda 2021 yil 70 % ga yetkazildi. Yil  yakunida 80 % ga yetkazishni  o‘z oldimizga  maqsad qilganmiz.  

         Bugungi kunda 28 ta davlat, 8 ta davlat xususiy sherikchilik, 1 ta nodavlat va 104 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida  jami 9410 nafar tarbiyalanuvchilarimiz sifatli maktabgacha ta'limga jalb qilindi.

4 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyatini qaytadan tashkil etish hisobiga 85 dan ziyod, 8 ta davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 104 dan ziyod, 1 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 7 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilib, pedagog, tarbiyachi, hamshira va ombor mudirlari ish bilan ta'minlandi.

  Shuni alohida aytishimiz joizki aholi kam bo‘lgan tumanimizning chekka-chekka qishloqlarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining har birida xotin-qizlarimiz uchun 2 tadan ish o‘rinlari yaratilib, jami qishloq joylarida ish topolmay qiynalib yurgan  208 nafar xotin -qizlarimiz ish bilan ta'minlandi.

  Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi kadrlarning salohiyati bo‘yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

  Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etgan holda tarbiyachilarning kompleks rivojlanishiga yo‘naltirilgan  ilmiy amaliy semenar treninglar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 2018 yil pedagog kadrlarimizni 18% oliy ma'lumotli bo‘lsa bugungi kunga kelib 80% ni tashkil etadi. Bundan tashqari yosh avlodni sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash maqsadida ko‘plab tadbirlar, sport musabaqalari, seminar va davra suhbatlari ham o‘tkazilib kelindi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (SOVID-19) tarqalishini oldini olish va profilaktika qilish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tegishli choralarni amalga oshirish hamda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning salomatligini muhofaza qilish bolajonlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan “Bolajon” telekanalida bolalar uchun “Aqlvoy” ta'limiy teledasturlar tashkil etildi, undan tashqari tumanda telegramm messenjerida “Ota-onalar va pedagoglar” guruhi tashkil etildi. Ushbu guruhga barcha tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari a'zo qilindi.

Tashkilot  tarbiyachilari o‘z ish rejalariga asosan kun davomida bolalari bilan olib borilgan mashg‘ulotlari to‘g‘risida fotorasmlar va videofayllarini  guruhga joylashtirib borishadilar. Bu o‘z navbatida ota-onalar uchun  katta yordam bo‘ldi.

Tarbiyachilar, ota-onalar va bolajonlarning faolligini oshirish maqsadida tumanda “Fidoyi tarbiyachi”, “Iste'dodli bolajon” va “Ijodkor tarbiyachi”,”Ertakchi bolajon”,  nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil etilib kelinmoqda.

Tashkil etilgan “Iste'dodli bolajon” ko‘rik-tanlovida tumandagi 4-5-6-7-10-20-27-34-36-sonli MTT tarbiyalanuvchilari g‘olib deb topildi.

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Dunyo bolalar nigohida” onlayn tadbirida 3-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Hamdamov Kamronbek, 5-sonli MTT tarbiyalanuvchisi  Akramova Shahrizoda, 7-sonli MTT tarbiyalanuvchisi  Abdullayeva Sevinch, 19-sonli  MTT tarbiyalanuvchisi Abdusaidova Aziza, 36-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Iskandarov Shaxzodlar faol ishtirok etib viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Besh tashabbus - zo‘r imkoniyat” onlayn ko‘rik-tanlovida 4-5-6-7-10-12-13-24-34-36-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi.

Tarbiyachilar tomonidan olib borilgan onlayn mashg‘ulotlar hafta davomida bo‘lim metodistlari tomonidan tahlil qilinib hafta so‘ngida monitoring natijalari e'lon qilinib borildi.Monitoring natijalariga ko‘ra tumandagi 4-5-6 -7-13-19-20-27-30-34-36-sonli MTT tarbiyachilari yuqori o‘rinlarni egallashdi. mashg‘ulotlarda faol qatnashgan tarbiyachi va pedagoglar viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan rag‘batlantirilib borildi.

Tashkilot xodimlari birinchi navbatda tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazida COVID-19 bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va emlandi.  Barcha  maktabgacha  ta'lim tashkilotlari  jami 25 mln 727 ming 676 so‘mlik tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta'minlandi.

 Jumladan: tarbiyalanuvchilarning haroratini masofadan o‘lchash asbobi 28ta, xo‘jalik sovuni 200ta, tibbiy niqoblar 1500 ta, suyuq sovun 330 ta, 100 gr. antiseptik vositalar 430 ta, 200 gr antiseptik vositalar 467 ta, 500 gr antiseptik vositalar 70 ta, o‘rama salfetkalar 400 dona, 70% li etil spirti 148 flakon, xlor eritmasi 60 ta flakonlar shular jumlasidandir.

         Shuni aytishimiz joizki, maktabgacha ta'lim tizimida hali qilganimizdan ko‘ra, qilishimiz lozim bo‘lgan  muhim ustuvor vazifalar oldimizda turibdi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayonida joriy etish, ularni maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish oldimizga qo‘ygan bosh maqsadimizdir. Chunki ertangi kunimiz va kelajagimiz aynan bugun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida voyaga yetayotgan,    tarbiyalanayotgan jajji farzandlarimizga bog‘liqdir.

  Muhtaram yurtboshimizning “Vatanimizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat”- degan so‘zlari biz rahbarlarga ulkan ishonch va mas'uliyat yuklaydi. Har birimizni yanada vatanparvarlikka chorlaydi. Shunday ekan,  vatanimiz  kelajagi  bo‘lgan farzandlarimiz  taqdiriga befarq bo‘lmaylik.

Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri:           Asrorova Baxtigul Abrorovna


Oxirgi o‘zgarish: 07/07/2021 09:48;   Ko‘rilganligi: 427
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-tizimida-olib-borilayotgan-islohotlar-amalda
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 20:52