Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Maktabgacha taʼlim tizimidagi joriy holat va istiqboldagi vazifalar"

"Maktabgacha taʼlim tizimidagi joriy holat va istiqboldagi vazifalar"

Joriy yilning 23 avgust kuni Oqdaryo tuman Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari uchun anʼanaviy avgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari avgust konferensiya tuman 14-son musiqa maktabi binosida tashkil etildi. Tizimdagi amalga oshirilgan va istiqboldagi vazifalar toʻgʻrisida oʻtkazilgan konferensiyada tuman hokimi oʻrinbosari S. Luqmonov, maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri Ch. Ortiqova soʻzga chiqib soha xodimlarini bayram bilan tabriklashdi.

Tadbir davomida MTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi. Shu bilan birgalikda maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri tomonidan faxriy yorliq, estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 23/08/2022 13:40;   Ko‘rilganligi: 166
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/maktabgacha-talim-tizimidagi-joriy-holat-va-istiqboldagi-vazifalar
Chop etilgan vaqti: 29/05/2023 09:26