Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida yangi pedagogik texnologiya metodlaridan samarali foydalanish yo‘llari”

maktabgacha ta'lim  tashkilotida "Mashg‘ulotlarni   o‘tkazish jarayonida  yangi pedagogik texnologiya   metodlaridan samarali foydalanish   yo‘llari” mavzusida  o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

16- sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan har bir guruhda  ochiq  mashg‘ulotlar o‘tkazildi, faoliyat o‘tish vaqtida foydalanish uchun qo‘l mehnati bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar namoyish etildi. Tarbiyachilar o‘zaro bir-birlari bilan tajriba almashishdi. Seminar yakunida  bo‘lim mudiri o‘rinbosari M.Saidkamolova  tarbiyachilarga  maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglarini kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ta'lim- tarbiyani samarali tashkil qilish uchun o‘qitishning zamonaviy ilg‘or usullarini, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarni ta'limiy -tarbiyaviy jarayonga joriy etish  buyicha o‘z fikr va takliflarini berdi.


Kiritilgan vaqti: 14/06/2021 07:18;   Ko‘rilganligi: 397
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/mashgulotlarni-otkazish-jarayonida-yangi-pedagogik-texnologiya-metodlaridan-samarali-foydalanish-yollari
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 21:34