Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“MOHIR QO’LLAR“ koʼrik-tanlovining tuman bosqichi boʼlib oʼtdi

Mamlakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomchilari  sifatida  e’zozlanadi.Binobarin, Prezidentimiz ta’biri bilan  aytganda, davlatimiz  va jamiyatimizning  qudrati  va salohiyatini, butun  borlig’imiz  va kuch-g’ayratimizni barkamol avlod  tarbiyasiga  safarbar etish  uchun barcha sharoitlar va imkoniyatlarga egamiz. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tizimida  faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor,  iste’dodli va o’z ishiga  sidqidildan yondashayotgan tarbiyachi  mutaxassislarni aniqlash, qo’llab-quvvatlash  va ularni rag’batlantirish  maqsadida 2021-yil 17-avgust kuni Oqdaryo  tuman maktabgacha ta’lim  bo’limi tasarrufidagi 34-sonli maktabgacha ta’lim  tashkilotida  maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari oʼrtasida “MOHIR  QO’LLAR“ koʼrik-tanlovining  tuman bosqichi boʼlib  oʼtdi.     

Ko’rik-tanlovda   tarbiyachilar tomonidan  yasalgan qo’l mehnatlari  4 ta nominatsiya  bo’yicha  baholanib, qoʼl mehnati asosida yaratilgan oʼyinchoqlar va turli buyumlarning mazmun-mohiyati, mashgʼulotlar jarayonida qoʼllanishi, ulardan foydalanish tartibi yuzasidan savol-javoblar oʼtkazildi va ko’rik-tanlovning  viloyat bosqichida  qatnashish  uchun  yo’llanmani qo’lga kiritgan eng  ijodkor  g’olib  tarbiyachilar aniqlandi  va bo’lim mudiri B.Asrorova  tomonidan  ragʼbatlantirildi.


Kiritilgan vaqti: 20/08/2021 06:10;   Ko‘rilganligi: 587
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/mohir-qollar-korik-tanlovining-tuman-bosqichi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 24/09/2023 22:43