Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Navoiyxonlik tadbirlari davom etmoqda

Oqdaryo tuman Yangiqo‘rg‘on MFYda tadbirkor Tursunova Dilshod tomonidan tashkil etilgan Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida joriy yilning 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oqdaryo tuman Yangiqo‘rg‘on MFYda tadbirkor Tursunova Dilshod tomonidan tashkil etilgan Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida joriy yilning 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova ishtirok etdi. Tadbir davomida g‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy asarlari va sherlari bolajonlar tomonidan a'lo darajada ijro etilib tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bahsh etib barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Mazkur nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 100 nafar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olingan hamda 15 nafar xotin-qizlar ish bilan ta'minlangan.


Kiritilgan vaqti: 09/02/2021 08:31;   Ko‘rilganligi: 453
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/navoiyxonlik-tadbirlari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:45