Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari safi yanada kengaymoqda

Bugungi  kunda  Oqdaryo  tumani Yangiravot-2  MFY  Uklon qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi asosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tadbirkor Malikova Oltinoy tashabbusi bilan  tashkil etilgan  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri  ham  shular jumlasidandir. Shu vaqtgacha Uklon qishlog‘ida  hech qanday  turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari  faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan edi. Bugungi  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining  ochilishi  butun  qishloq ahlini  xursand qildi.

Tadbirda Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  va mahalla fuqarolari ishtirok etishdi. Tadbirni  tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini  foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim  tashkilotiga  qishloqdagi  3-7 yoshli    qamrab olinmagan 25 nafar bolajonlar qabul qilindi. 2 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqs hamda ifodali o‘qilgan she'rlar tadbir qatnashchilariga  ko‘tarinki  kayfiyat  bag‘ishladi.


Kiritilgan vaqti: 30/06/2021 16:50;   Ko‘rilganligi: 324
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-safi-yanada-kengaymoqda
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:47