Oilaviy nodavlat MTTlar safi kengaymoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10-iyundagi “Qamrov past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-sonli qarori hamda Samarqand viloyati hokimining 2021 yil 15-iyundagi “3-7 yoshli bolalarni MTTlarga qamrab olish ko‘rsatkichini oshirish” bo‘yicha 07-01/1108-raqam bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maksadida Oqdaryo tumani Avazali MFY Avazali qishlog‘ida tadbirkor Shukurov Sobir Isroilovich tashabbusi bilan “Yulduzcha” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi “Yulduzcha” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqs hamda ifodali o‘qilgan sherlar tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Hududlarda tashkil etilayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatidan ota- onalarimiz mamnun...
Kiritilgan vaqti: 26/06/2021 08:12; Ko‘rilganligi: 367
Chop etilgan vaqti: 05/06/2023 20:32