Okdaryo tumani maktabgacha talim bulimida, tarbiyachilar úrtasida "Ijodiy kurgazmalar" kúrik tanlovi útkazildi.
2019- yil 22-may kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Tarbiyachilarning ijodiy ishlaridan namunalar“ ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
2019- yil 22-may kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Tarbiyachilarning ijodiy ishlaridan namunalar“ ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirni bo‘lim mudiri B. Asrorova ochib berdi.
Tadbir jarayonida 26 nafar maktabgacha ta'lim muassasasi mudiralari va tarbiyachilari ishtirok etdi. Muassasalar orasida tanlov uchun faol tayyorgarlik ko‘rgan 30, 34, 22, va 4- sonli maktabgacha ta'lim muassasalari alohida ajralib turdi. Tarbiyachilar tanlov uchun qo‘l mehnatidan foydalangan ko‘rgazmalar bilan ishtirok etdi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyachilari va boshqa yordamchi tarbiyachilar bilan yasagan ko‘rgazmalari chiroyli, qiziqarli, tarbiyalanuvchilarga mos. Ulardan ilk qadam dasturidagi beshta asosiy markaz asosida foydalanish mumkin.
Hay'at a'zolari har bir maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarining ijodiy ishlari bilan tanishib, tarbiyachilar tomonidan tayyorlab kelingan ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va didaktik ko‘rgazmalar, qo‘l mehnati va applikatsiya ishlari va maketlardan mashg‘ulotlar jarayonida qanday foydalanishini haqida so‘radi. Tarbiyachilar tayyorlagan ijodiy ishlarini mazmunan yoritib berdilar.
Tadbir so‘ngida bo‘lim mudiri B. Asrorova tomonidan faxrli o‘rinni olgan Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Kiritilgan vaqti: 28/05/2019 16:52; Ko‘rilganligi: 1951
Chop etilgan vaqti: 29/11/2023 20:09