Oqdaryo Pedagogika kollejida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tomonidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati, bolalarga berilayotgan ta'lim-tarbiya sifati, bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda ta'lim -tarbiya samaradorligini oshirish, noan'anaviy mashg‘ulotlarni tashkil etish, faollik markazlarini jihozlanishi, tarbiyachilar faoliyati, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, ta'lim –tarbiya sifatini ko‘tarish, bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala madaniyati, mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metod va usullari to‘g‘risida bo‘lim mudiri B.Asrorova o‘z fikrlarini bildirdi.
Yig‘ilish yakunida bo‘lim mudiri tomonidan yuzaga kelgan muammolar, ularni hal etish choralari yuzasidan tashkilot rahbarlariga vazifalar taqsimlab berildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Kiritilgan vaqti: 07/05/2021 07:43; Ko‘rilganligi: 403
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:40