Oqdaryo tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tumanimizning iste'dodli yoshlari qatori Sevinch Abdullayeva ham faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi
Ma'naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishda Maktabgacha ta'lim tizimida ham ko‘plab islohatlar olib borilmoqda, tizimda milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanayotgan, ilm olayotgan, tarbiyalanuvchilar juda ham ko‘p
Xuddi shunday jajji va iqtidorli yoshlarimizdan biri Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining katta guruh tarbiyalanuvchisi Abdullayeva Sevinch. U boshqa tarbiyalanuvchilardan o‘z iqtidori, san'atga bo‘lgan qiziqishi, bilimi hamda tirishqoqligi bilan ajralib turadi: U ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bugun Oqdaryo tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tumanimizning iste'dodli yoshlari qatori Sevinch Abdullayeva ham faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi
Kiritilgan vaqti: 02/07/2020 11:38; Ko‘rilganligi: 503
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:43