Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorovaning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bolajonlarga yo‘llagan tabrigi

Accalomu- alaykum  hurmatli  maktabgacha ta'lim  tizimi xodimlari, qalbi -qaynoq, mehri- daryo ota-onalar   va  bizning kelajagimiz  egalari  bo‘lgan aziz bolajonlar!

Sizlarni  1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish  kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.  Bolajonlarning sho‘x-shodon o‘yin-kulgusi, quvonchu-  shodliklariga to‘liq diyor eng baxtiyor mamlakatdir. Bolalari  baxtiyor mamlakatda iqbol, saodat, quvonch va shodlik barhayotdir. Jonajon yurtimizda farzandlarimizning kamoliga har jihatdan yuksak e'tibor qaratilib, ularga beqiyos g‘amxo‘rliklar ko‘rsatib kelinmoqda. Xususan maktabgacha ta'lim  sohasida olib borilayotgan ishlar ana shunday e'tiborning yorqin ifodasidir.

Yurtimizda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida  tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bolajonlarimizni har tomonlama bilimli, sog‘lom, baxtiyor o‘sib ulg‘ayishlari uchun Muhtaram  Prezidentimiz  tomonidan barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan. Hayotimizning  gultoji bo‘lmish  aziz farzandlarimiz sizlar shu muqaddas Vatanimizning kelajagi hisoblanasizlar. Vatanimiz  ravnaqi, rivoji  uchun  o‘z hissasini qo‘shadigan bilimli, aqlli,  dono  va  albatta  baxtli insonlar bo‘lib yetishishingizga ishonamiz!

            

Bilmoq uchun dunyoning sirin,

Qalb ko‘zila ko‘ring dunyoni,

Jondan aziz beg‘ubor, shirin,

Bolalarga bering dunyoni.

                                        

Hurmat  va ehtirom bilan

 Asrorova  Baxtigul  Abrorovna

Oqdaryo  maktabgacha  ta'lim  bo‘limi   mudiri


Oxirgi o‘zgarish: 09/06/2020 09:00;   Ko‘rilganligi: 725
 
Material manzili: https://oqdaryomtb.uz/press/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-basrorovaning-1-iyun-xalqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuni-munosabati-bolajonlarga-yollagan-tabrigi
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 04:08