Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari va oshpazlari bilan suhbat o‘tkazdi
Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari va oshpazlari bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida karantin qoidalariga rioya qilish, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta'minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste'mol qilish uchun gigiyenik talablarga rioya qilish, tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish, taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat'iy rioya qilish, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi kabi masalalar to‘g‘risida bo‘lim mudiri B.Asrorova o‘z fikr va takliflarini berdi.
Hamshiralar tomonidan Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan savollar berildi. Savollarga ma'sul xodimlar javob berishdi.
Suhbat davomida bo‘lim mudiri tomonidan yuzaga kelgan muammolar, ularni hal etish choralari yuzasidan tashkilot hamshiralariga vazifalar taqsimlab berildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Kiritilgan vaqti: 25/05/2021 06:48; Ko‘rilganligi: 378
Chop etilgan vaqti: 10/06/2023 03:06